A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

2007 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

2007 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublika hukumatining 2007 yil 12 fevraldagi yig‘ilishida belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalarini, shuningdek, rivojlanishning muhim maqsadli kompleks va sohalar dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratildi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari, joriy yilda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun puxta zamin hozirlaydigan dinamikaga ega bo‘ldi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 25/07/2007 - 03:34

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n olti yilligini munosib kutib olish, bu qutlug‘ sana munosabati bilan mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish yo‘lida erishilgan ulkan yutuq va natijalarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga bebaho ne’mat bo‘lmish mustaqillikning beqiyos ahamiyati, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika komissiyasi “Bu bayram - barchamizniki, butun xalqimizniki” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini 20 kun muddatda ishlab chiqsin. 3. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar va tantanali marosimlarni ko‘tarinki ruh va kayfiyatda, tashkiliy, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyada, aholining barcha qatlamlari, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazish uchun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalariga alohida tadbirlar rejasini tayyorlash va amalga oshirish tavsiya etilsin. Ushbu tadbirlar rejasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratilsin: istiqlolning yosh avlod taqdirida, ularning zamonaviy dunyoqarashi, bilim va tafakkuri, faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini, yigit-qizlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrash borasida erishayotgan yutuqlarini aniq hayotiy misollar orqali ko‘rsatish va keng targ‘ib etish; xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, el-yurt tayanchi bo‘lmish oila institutini har tomonlama mustahkamlash, uning farovonligini oshirish bo‘yicha, jumladan, “Ijtimoiy himoya yili” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirish; mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, yurtimiz shuhratini dunyoga tarannum etish, yoshlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalashda o‘z shaxsiy ibrati va hayotiy tajribasi bilan namuna ko‘rsatayotgan, el-yurtga xizmati singgan keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, faxriylarning mehnatini munosib qadrlash, ular ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar uyushtirish; istiqlolimiz bilan bog‘liq ezgu tushunchalarni yanada chuqurroq anglash, uning qanday kurash va mashaqqatlar, fidokorona mehnat va qat’iyat evaziga qo‘lga kiritilgani, keng ko‘lamli islohotlarimiz mohiyat e’tibori bilan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilganini ta’sirchan usul-uslublar orqali yoritish, millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi insonning jamiyatimizdagi tub o‘zgarishlardagi ishtiroki, hayotga ongli munosabati, daxldorlik tuyg‘usi va mas’uliyat hissi, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari tobora kuchayib borayottanini, bu esa barcha yutuqlarimizning, bugungi va ertangi taraqqiyotimizning asosiy sharti va garovi bo‘lib xizmat qilayotganini har tomonlama chuqur ochib berish. 4 .Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida markazda va joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda eshitib borsin. 5. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan senarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin. 6. Bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, ko‘pqavatli uylar atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilsin. 7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda Vatanimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqiy asarlar uchun respublika tanlovini o‘tkazish maqsadida uning nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin. 8. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘ va eng aziz” an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin. 9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar o‘rtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g‘oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin. 10. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 11.O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning o‘n olti yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2007 yil 30 may
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 01/06/2007 - 03:32

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi, davlat qo‘mitalarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish natijalari batafsil tahlil qilinib, qog‘ozsiz hujjat aylanishi tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. Ushbu tizimni jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etishning ijobiy tomonlari, shuningdek, elektron hujjat aylanishini yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish istiqbollariga e’tibor qaratildi. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini birxillashtirish maqsadida milliy standartlar qabul qilinishini jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilishda mas’ul shaxslarning Toshkent shahri va viloyatining ayrim tumanlarida elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalangan holda, moliyaviy hisobdorlik va hisob-kitobni taqdim etish tizimini shakllantirish hamda yanada rivojlantirishga doir ma’ruzalari tinglandi. Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalarining korporativ va mahalliy tarmoqlarining axborot xavfsizligi monitoringi natijalarini ham muhokama etdi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 29/05/2007 - 03:31

2007 yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

2007 yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshirgan chora-tadbirlar Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2007 yilda iqtisodiy islohotlar sohasidagi ustuvor vazifalarni bajarishga, shuningdek, rivojlanishning komplekslar va tarmoqlar bo‘yicha aniq maqsadli muhim dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratildi. Natijada, ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarga va makroiqtisodiy hamda sohalar rivojlanishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarga erishish imkonini berdi. I. Makroiqtisodiy tendensiyalar 2007 yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot o‘sishi 9,1 foizga yetdi. Sanoat, investitsiya va qurilish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalari birinchi chorakda yalpi ichki mahsulot o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Asosiy kapitalda o‘zlashtirilgan investitsiyalar va qurilish ishlari hajmi tegishli ravishda 36,4 va 12,8, sanoat mahsulotlari hajmi 12, tovar aylanmasi 16,5, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 25 foizga o‘sdi. Tovarlar va xizmatlar eksporti 21,1 foizga oshdi, savdo balansining ijobiy saldosi qariyb 600 million AQSH dollarini tashkil etdi. Faol eksport siyosati, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, jumladan investitsiya tovarlariga bo‘lgan umumiy ichki ehtiyojini oshirish imkonini bergan avvalgi yillarda yaratilgan iqtisodiy omillar hamda qulay ishbilarmonlik muhiti ham iqtisodiy o‘sishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida) Ko‘rsatkichlar nomi 2006 yilning 1-choragi 2007 yilning 1- choragi Yalpi ichki mahsulot 103,6 109,1 Sanoat mahsulotlari hajmi 106,8 112,0 Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 114,2 120,7 Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari 104,5 105,5 Asosiy kapitaldagi investitsiyalar 104,5 136,4 Qurilish ishlari 103,6 112,8 Chakana savdo aylanmasi 107,5 116,5 Aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 111,8 125,0 Pul-kredit, soliq-budjet sohalari hamda iqtisodiyotning tashqi savdo sektorida muvozanatli va samarali siyosat yuritish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror yuqori o‘sish sur’atini saqlashda muhim omil bo‘ldi. Pul-kredit siyosati 2007 yilning birinchi choragida jadal iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotga kredit mablag‘lari ajratishni oshirishni rag‘batlantirishga qaratildi. Eksportning jadal sur’atda o‘sishi natijasida, valuta mablag‘lari oqimi miqdorining ko‘pligiga qaramay, belgilangan pul massasi parametrlariga rioya qilindi. Bu inflatsiya darajasini prognoz ko‘rsatkichlar doirasida 2,9 foiz miqdorida saqlash imkonini berdi (2006 yilning birinchi choragida 4,2 foiz). Banklarning umumiy kapitali yil boshidan buyon 4,2 foizga oshdi. Aholining banklardagi depozitlari 9,8 foizga o‘sdi. Banklarning investitsiya jarayonlarida ishtirok etishi faollashgani kuzatildi. Real sektorga yo‘naltirilgan umumiy kredit mablag‘lari miqdori 2007 yilning boshiga nisbatan 5,3 foizga ko‘paydi. Budjet-soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq yukini kamaytirish bilan birga budjetning daromad va xarajat qismlari muvozanatini ta’minladi. Iqtisodiy o‘sish, biznesning legallashuvi soliqqa tortish bazasini kengaytirdi va bu soliqni ma’muriylashtirishni takomillashtirish bilan bir qatorda Davlat budjeti daromadlarini prognoz ko‘rsatkichlarga nisbatan 2,4 foizga oshirish imkonini berdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,7 foiz profitsit bilan bajarildi. II. Tarkibiy-investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlantirish Tarkibiy-investitsiya siyosati sanoatning bazaviy tarmoqlari, avvalambor, geologik qidiruv ishlari, neft va gaz qazib olishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat korxonalarini texnik modernizatsiya qilish uchun rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, eskirgan texnologiyalar, jismonan va ma’nan ishdan chiqqan uskunalarni almashtirishni tezlashtirishga qaratildi. Investitsiyalar. Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratish va tezkor monitoring o‘rnatish kapital qo‘yilmalarni jadal o‘zlashtirish imkonini berdi. Ushbu mablag‘lar miqdori moliyalashning barcha manbalari hisobga olingan holda 967,2 milliard so‘m yoki yillik prognozga nisbatan 19,2 foizni tashkil qildi (2006 yilning birinchi choragida 17,3 foiz). Investitsiyalarning o‘sish sur’ati 2006 yilning birinchi choragiga qaraganda 8 baravar oshdi va 36,4 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy o‘sish sur’ati to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga ta’minlandi. Ularning umumiy miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,6 martaga ko‘paydi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy miqdori 131,1 million dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 1,8 baravarga oshdi. Ishlab chiqarish sohasiga jami kapital qo‘yilmalarning 61, jumladan yangi qurilishga 17,4, ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga 35,2 foizi yo‘naltirildi. 43 ta ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi. Jumladan Navoiy shahridagi aeroportni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi, 7 ta to‘qimachilik korxonasi, “O‘zbekiston o‘ramali tom yopqich ashyolari kombinati” ochiq aksionerlik jamiyatida tolali plitalar, “Yaltra-Invest” qo‘shma korxonasida shifer, “Kulol” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chinni buyumlar, “Mini akkumulator” mas’uliyati cheklangan jamiyatida akkumulatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar, “TTZ” ochiq hissadorlik jamiyatida metall quyish liniyalari, “Texno-sera” mas’uliyati cheklangan jamiyatida disperslangan oltingugurt ishlab chiqaradigan zavod, Toshguzar-Dehqonobod temir yo‘l liniyasida yangi uchastka va boshqa inshootlar ishga tushirildi. “G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li, Rezaksoy suv ombori qurilishi, Toshkent issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish va boshqa obyektlar qurilishi davom ettirildi. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan Xondiza konida polimetall rudalarni qazib olish va qayta ishlash, Pomuq va Dengizko‘l konida kompressor stansiyalarni o‘rnatish kabi yirik loyihalar amalga oshirila boshlandi. Mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan uchta korxonada Kioto protokolining Sof rivojlanish mexanizmidan foydalangan holda mamlakatimizda birinchi loyiha amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy sohada loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida tayyorlanishi, qurilishlar aniq ro‘yxatini tasdiqlash va markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va maktablar qurilishini oldindan moliyalash tufayli joriy yilning birinchi choragida ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan jami markazlashtirilgan mablag‘larning 41 foizi o‘zlashtirildi. Vaholanki, 2006 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 21,3 foizni tashkil etgan edi. Kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar yillik prognozga nisbatan 41,3 foizni (2006 yilning birinchi choragida 11,9 foiz), Maktab ta’limi jamg‘armasi bo‘yicha 43,6 foizni tashkil etdi (2006 yilning birinchi choragida 35,6 foiz). Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan yillik prognozga nisbatan mablag‘larning 24 foizi o‘zlashtirildi (2006 yilning birinchi choragida 21,7 foiz). Investitsiyalarning yuqori sur’atda o‘sishi joriy yilning birinchi choragida qurilish ishlari hajmining 12,8 foizga o‘sishini ta’minladi. Pudrat ishlari uchun buyurtmalar mavjudligi qurilish tashkilotlarining bir maromda ishlashi, ularning moliyaviy barqarorligi uchun sharoitlar yaratdi. Xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va o‘rtacha ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarga muvofiq 2007 yilning birinchi choragida bajarilgan yo‘lsozlik ishlari belgilangan hajmga nisbatan 105,5 foizni tashkil etdi. Sanoat. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, soliq yukini kamaytirish, korxonalar moliyaviy ahvolini mustahkamlash, ularning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish va aholi real daromadining oshishi hisobidan ichki talabning ortishi 2007 yilning birinchi choragida sanoatda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omiliga aylandi (112 foiz). Bu korxonalarning investitsiya tovarlariga, aholining mahalliy korxonalar mahsulotlari, avvalo, avtomobilsozlik va murakkab maishiy texnika talabining oshishiga olib keldi. Yuqori o‘sish sur’atlari mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari, yengil sanoat va sanoatning boshqa tarmoqlarida kuzatildi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida) Ko‘rsatkichlarning nomlanishi 2006 yilning 1-choragi 2007 yilning 1-choragi Sanoat, jami 106,8 112,0 shu jumladan: elektr energetikasi 109,4 101,5 yoqilg‘i 99,4 108,8 qora metallurgiya 105,8 110,9 rangli metallurgiya 99,5 100,0 kimyo va neft kimyosi 112,1 122,2 mashinasozlik va metallni qayta ishlash 110,6 133,2 yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash, selluloza-qog‘oz sanoati 116,0 115,0 qurilish materiallari 117,0 121,0 yengil sanoat 106,8 112,1 oziq-ovqat sanoati 120,9 110,5 boshqa sohalar 119,6 123,8 Mahalliy va import xomashyo hamda butlovchi qismlarni yetkazib berish, qayta ishlashni oshirish hisobidan benzin (108,7 %), dizel yoqilg‘isi (103,5%), avtomobillar (129,2 %), televizorlar (125,3 %), tabiiy choy (154,5 %) ishlab chiqarish ko‘paydi. Berilgan imtiyozlar dorivor vositalar 178,1, yengil sanoat mahsulotlari (paxta tozalashdan tashqari) ishlab chiqarishni 117,3 foizga oshirish imkonini berdi. Ishlab chiqarishni kapital ta’mirlash va texnik modernizatsiya qilish mineral o‘g‘it (114), sement (122,7), trikotaj buyumlar (146,8 foiz) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini ko‘paytirish imkonini berdi. 2007 yilning birinchi choragida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 20,7 foizga oshdi. Muzlatgichlar ishlab chiqarish (133,1 %), televizorlar (125,3%), alkogolsiz ichimliklar (1,85 barobar), meva sharbatlari (1,84 barobar), meva-sabzavot konservalari (2,4 barobar), non va non mahsulotlari (123,3), gilam va gilam mahsulotlari (131,1), trikotaj buyumlar (146,8 %), chinni-fayans idishlar (132,7 foiz) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ancha ko‘paydi. 2007 yilning birinchi choragida Mahalliylashtirish dasturi doirasida 478,3 milliard so‘mlik yoki chorak prognoziga nisbatan 121,3 foiz mahsulot ishlab chiqarildi. 148 ta korxonada amalga oshirilayotgan 230 ta loyiha doirasida 433,4 milliard so‘mlik mahsulot sotildi, 149,7 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Import o‘rnini bosish samaradorligi 389,5 million dollarni tashkil qildi. 447 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Savdo va xizmatlar. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish chakana savdo aylanmasini 16,5 foizga oshirish imkonini berdi. Respublika savdo aylanmasida qishloq savdosining ulushi 27,5 foizni tashkil etdi. Umumiy savdo aylanmasi hajmida rasmiy savdo ulushi ortib bormoqda – 29 foiz. 2006 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 25,6 foizga teng edi. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natijasida 2007 yilning birinchi choragida aholiga pullik xizmat ko‘rsatish hajmi belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 12,9 foizga teng bo‘lgani holda, 2006 yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ko‘paydi. Transport, aloqa va axborotlashtirish, moliya sohasida, mehmonxona xo‘jaligi, avtomobillar va boshqa texnikani ta’mirlash bo‘yicha va boshqa xizmatlar hajmi ham yuqori sur’atlarda o‘sdi. Investitsiya, jumladan xorijiy resurslarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga yordam bermoqda. Bu ayniqsa, telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. III. Xususiylashtirish dasturini amalga oshirish, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini rivojlantirish 2007 yilning birinchi choragida davlat aktivlarini sotish rejasiga 101 ta korxona va obyekt kiritilgani holda 115 ta korxona va obyektning (114 foiz) aktivlari sotildi. Xususiylashtirish hisobidan umumiy tushum 24,4 milliard so‘m yoki belgilangan topshiriqqa nisbatan 178,9 foizni tashkil etdi. Xorijiy sarmoyadorlar bilan 60,82 million dollar investitsiya kiritish majburiyati bilan qiymati 24,5 million dollarga teng davlat obyektlari va aksiyalar paketi sotilishi bo‘yicha 5 ta shartnoma tuzildi. 2007 yilning birinchi choragida ushbu shartnomalar bo‘yicha tushum 15,1 million dollarni tashkil etdi. Birja savdolari orqali xorijiy sarmoyadorlar bilan 620 ming dollarlik oldi-sotdi shartnomasi tuzildi va ushbu mablag‘lar to‘liq to‘landi. Davlat tender komissiyasi tomonidan ma’qullangan nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotib olishning tanlov shartlariga muvofiq 2007 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, ushbu mexanizm joriy etilganidan buyon sotilishi lozim bo‘lgan 360 ta korxonadan 28,2 milliard so‘mlik investitsiya kiritish majburiyati bilan 296 tasi sotildi (82,2 foiz). Korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash va Kuzatuv kengashlari rolini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Vakolatli boshqaruvchilarning davlat mulkini samarali boshqarish va saqlashni ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, jamiyatlar boshqaruv organlari vakolatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan muayyan ishlar qilindi. Davlatning vakolatli vakillari faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning 89,8 foizida o‘tgan yilgi faoliyat daromad bilan yakunlandi. Tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug‘ullanish kafolatlarini ta’minlash, berilgan imtiyozlar, tekshirishlar sonini, hisobot berishni va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashishni kamaytirish, davlat ro‘yxatiga olishda xabar qilish mexanizmini joriy etish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash tartibini birxillashtirish, kichik biznes subyektlarining kredit hamda xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni 407,7 mingtani tashkil etdi yoki ularning soni 6,1 foizga ko‘paydi, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalar soni esa yil boshiga nisbatan 22,1 foizga o‘sdi. Kichik biznesning eksportdagi ulushi 6,0 foizdan 10,7 foizga ko‘paydi. 2007 yilning birinchi choragida barcha moliyalash manbalari hisobidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 239,1 milliard so‘mdan ortdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 1,8 marta ko‘pdir. Kichik biznes sohasida, jumladan mikrofirmalar, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasi va fermer xo‘jaliklarida 69,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Natijada kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,2 foizgacha ko‘paydi. 2006 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 30,1 foiz edi. IV. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning qo‘llab-quvvatlanishi va rivojlanishi Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 105,5 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilgidan sut (106,8%), go‘sht (106,2 %), tuxum (112 %), jun (112,1 %), qorako‘l teri (111,1 %), sabzavot (142,2 %) ko‘p yetishtirildi. Qayta tashkil etilgan 329 ta shirkat xo‘jaligi negizida 25,2 mingta fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 604,2 ming gektar yer biriktirilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 2007 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 207,9 mingni tashkil etdi. Shirkat xo‘jaliklarni fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayoni deyarli yakunlandi. Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra respublikada asosan qorako‘lchilik va naslchilikka ixtisoslashgan 120 ta xo‘jalik qolgan, xolos. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha 83, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlaydigan 94 ta punkt, 295 ta MTP, 66 ta minibank, 223 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi va boshqa infratuzilma obyektlari tashkil etildi. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini bajarish bo‘yicha ishlar faol davom ettirilmoqda. 2007 yilning birinchi choragida tashkil etilgan 166 ta kimoshdi punktlarida 4625 bosh zotdor qoramol sotildi (chorak topshirig‘iga nisbatan 107,4 foiz). Hisobot davrida qoramol sonining o‘sishi 529,3 mingtani, umumiy soni esa 7004,8 mingtani tashkil qildi. Shirkat va fermer xo‘jaliklariga 7,7 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi (chorak topshirig‘iga nisbatan 141,6 foiz). V. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini jadal rivojlantirish va raqobatbardoshligini mustahkamlash borasidagi ishlar davom ettirildi. 2007 yilning birinchi choragida tashqi savdo aylanmasi 15,6 foizga o‘sdi. Eksportning umumiy hajmi 21,1, import hajmi 7,9 foizga ko‘paydi. Natijada savdo balansining ijobiy saldosi 2006 yilning shu davriga qaraganda 1,5 baravarga ortdi. Noxomashyo tovarlar eksporti 1,5 baravardan oshdi, ularning eksport tarkibidagi ulushi 2006 yilning birinchi choragidagi 58 foiz o‘rniga 73,7 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat va iste’mol tovarlari (2,6 baravar), kimyo mahsulotlari va energiya manbalari (ikki baravardan ko‘p), qora va rangli metallar prokati (1,6 baravar), mashina va uskunalar (1,5 baravar), xizmatlar (1,3 baravar) eksporti jadal o‘sdi. VI. Ijtimoiy sohani rivojlantirish Aholi bandligi. Bandlikni ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlarga muvofiq 150 mingga yaqin ish o‘rinlari tashkil etildi. Bu prognoz ko‘rsatkichlardan 21 foizga ko‘pdir. Natijada iqtisodiyotda umumiy bandlik bir yil davomida 3,2 foizga o‘sdi va 10,4 million kishiga yetdi. Mehnat organlariga ish so‘rab murojaat qilganlarni ish bilan ta’minlash darajasi 83 foizgacha ko‘paydi. Iqtisodiy o‘sish va ish haqini oshirish, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aholi real daromadini 21,3 foizga va o‘rtacha ish haqini 47,4 foizga oshirish imkonini berdi. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirish 31,3 ming kishini mehnat daftarchasi bilan ta’minlash imkonini berdi. Ularning 25,6 ming nafari Pensiya jamg‘armasi bilan shartnoma tuzdi. 2007 yilning birinchi choragida qariyb 37,1 ming kishi kasanachilikning turli shakllari bilan qamrab olindi. Bu hisobot davrida ochilgan ish o‘rinlarining 25 foizini tashkil etadi. Yirik sanoat korxonalari bilan shartnomalar asosida kasanachilikni rivojlantirish 8,8 mingta ish o‘rnini tashkil etishga yordam berdi, bundan tashqari oilaviy tadbirkorlik shaklida 13,1 mingta ish o‘rni yaratildi. Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashga doir ishlar davom ettirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 520 mingta ehtiyojmand oilaga nafaqa va moddiy yordam berildi. Jumladan voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan 360 mingdan ortiq oilaga nafaqa, 67 mingta oilaga moddiy yordam, 93 ming nafar ishlamayotgan 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayolga nafaqa berildi. “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi doirasida 13,4 mingta kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila qiymati 5,5 milliard so‘mdan ortiq qoramolga ega bo‘ldi, 3,4 mingta kam ta’minlangan oilaga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qiymati 2,9 milliard so‘mlik mikrokredit ajratildi, nogironlar uchun 1472 ta, jumladan kasanachilikni tashkil etish orqali 1160 ta ish o‘rni tashkil etildi, homiylik yordami hisobidan 26 ming nafar qarovchisiz fuqaro va 121 mingta kam ta’minlangan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. Sog‘liqni saqlash tizimida dasturlarni amalga oshirish davomida davolash-profilaktika tarmog‘ini qayta tashkil etish va takomillashtirish hisobidan kam quvvatli hamda samarasiz ishlayotgan shifoxonalar kamaytirilmoqda, respublika ixtisoslashgan markazlarida yuqori texnologiyali tibbiy yordam turlari rivojlantirilmoqda. Xorazm viloyatida ona va bolani sog‘lomlashtirish bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida reabilitatsiya bo‘limlari, Surxondaryo viloyatida kardiologiya markazi tashkil etildi. Natijada onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirish bo‘yicha barqaror tendensiya saqlanmoqda. Ta’lim tizimidagi dasturlarning amalga oshirilishi tufayli ta’limning barcha darajasida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda: maktablarning o‘quv-moddiy va resurs bazasini tubdan yaxshilash, maktab o‘quvchilarining shahar va qishloqda sifatli ta’limdan teng foydalanishini ta’minlashga doir davlat strategiyasi amalga oshirilmoqda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tarmog‘ini rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 2007 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida qo‘lga kiritilgan ijobiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan makroiqtisodiy muvozanatni va iqtisodiyotning yuqori sur’atda barqaror o‘sishini ta’minlaydigan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish hamda tarkibiy islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning nechog‘lik to‘g‘riligi hamda samaradorligini tasdiqlaydi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 08/05/2007 - 03:29

Avtomobilsozlikka oid yangi loyihalar muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 may kuni Oqsaroyda General Motors-DAEWOO Auto and Technology (GMDAT) kompaniyasi prezidenti Maykl Grimaldini qabul qildi. – O‘zbekistonga ushbu tashrifingiz mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati bilan yaqindan tanishish, o‘zaro hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyatdir, – dedi Islom Karimov. GMDAT 2002 yilda General Motors korporatsiyasi tomonidan Koreya Respublikasining DAEWOO Motors kompaniyasi zavodlari sotib olinishi natijasida tashkil topgan. DAEWOO Motors esa O‘zbekistonda ishlab chiqarishning yangi sohasi – avtomobilsozlikni o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutgan.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 02/05/2007 - 03:24

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Majlisi

2007 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlari, inflatsiya darajasining pasayishi va xalq farovonligining oshishi tendensiyalari mustahkamlanganligi qayd etildi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 13/02/2007 - 03:23

Jamoatchilik fikri va Konstitutsiya

O‘zbekistonda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tinchlik va fuqarolar totuvligini yanada mustahkamlash orqali respublikada siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning jadal amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini yuksaltirishdan iboratdir. Jamiyat va shaxs manfaatlari mutanosibligini ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ushbu ijobiy jarayonlarni rivojlantirishning asosidir. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan Konstitutsiya kuni arafasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham shundan dalolat beradi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/12/2006 - 03:21

Quvayt delegatsiyasi O‘zbekistonda

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Quvayt davlati aloqa vaziri Ma’suma Solih al-Muborak xonim rahbarligidagi delegatsiya 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari Farruha Muhitdinova bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar kun sayin rivojlanib borayotgani va bunda Prezident Islom Karimovning 2004 yil 19-20 yanvar kunlari Quvaytga rasmiy tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlar muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning bugungi ahvoli va istiqboli yuzasidan fikr almashdi. Manba: www.uza.uz
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 23/11/2006 - 03:14

O‘zbekistonda 3,6 million tonnadan ziyod xirmon yaratildi

Mamlakatimiz paxtakorlari ulkan mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritdilar – 3 million 600 ming tonnadan ziyod xirmon yaratildi. Lafzi halol mehnatkashlarimiz shartnoma majburiyatlarini qisqa muddatlarda – yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay ado etib, yuksak sifatli paxta xomashyosi tayyorlashga muvaffaq bo‘ldilar. Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, bugungi yuksak zafar mard va fidoyi dehqonlarimizning buyuk marralarni zabt etishga qodir ekanini yana bir karra amalda isbotlab bergani bilan qadrlidir. Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida barcha sohalar kabi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining samaralarini namoyon etmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 18/10/2006 - 03:01

2006 yilning 1 noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarni ijtimoiy madad qilishni kuchaytirish maqsadida: 1. 2006 yilning 1 noyabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar o‘rta hisobda 1,2 baravar oshirilsin.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 13/10/2006 - 02:59

Pages