Hamma yangiliklarIqtisodiyot yangiliklari

Loading...

Vazirlik Yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining muhim ustuvor yo‘nalishlarini, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, texnik va texnologik yangilashga doir maqsadli kompleks dasturlarini bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi mustahkamlandi.

Davomi » Nashr etilgan: Jum, 01/08/2008 - 12:41

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘n yetti yillik ayyomiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Zotan, biz mustaqillik tufayli o‘zligimizni angladik, kimlarning avlodi ekanligimizni chuqurroq tushunib yetdik.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 01/07/2008 - 15:56

Investitsiyalar

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiyot tarkibini modernizatsiyalashga qaratilgan hukumat siyosati, shuningdek, 2008 yil Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi choragida investitsiyalar hajmining 41 foizga o‘sishini ta’minladi. Asosiy kapitalga investsiyalar hajmi yanvar-mart davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 punktga ortib, 1622,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Davomi » Nashr etilgan: Jum, 20/06/2008 - 11:46