A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining I yarim yillik yakunlari bo’yicha kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi to‘g‘risida

Joriy yilning 31 iyul kuni Iqtisodiyot vazirligida vazirlikning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishida Vazirlikning Markaziy apparati xodimlari, tarkibiy tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, kun tartibidagi masalalar muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan iqtisodiyotning tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 03/08/2008 - 08:50

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining muhim ustuvor yo‘nalishlarini, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, texnik va texnologik yangilashga doir maqsadli kompleks dasturlarini bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi mustahkamlandi. I.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 01/08/2008 - 08:49

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘n yetti yillik ayyomiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Zotan, biz mustaqillik tufayli o‘zligimizni angladik, kimlarning avlodi ekanligimizni chuqurroq tushunib yetdik. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 12 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi qarorida ta’kidlanganidek, mustaqillik bizning borligimiz, shonu shuhratimiz, erkin va farovon kelajagimiz garovi sifatida har birimizning dilimizdan mustahkam joy oldi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 01/07/2008 - 08:48

Investitsiyalar

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiyot tarkibini modernizatsiyalashga qaratilgan hukumat siyosati, shuningdek, 2008 yil Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi choragida investitsiyalar hajmining 41 foizga o‘sishini ta’minladi. Asosiy kapitalga investsiyalar hajmi yanvar-mart davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 punktga ortib, 1622,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 20/06/2008 - 08:47

Aholi farovonligini oshirish

Aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Ishchilar mehnat haqini oshirishda Davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida real ish haqi miqdori 2008 yilning 1 choragida o‘tgan yil davriga nisbatan 48% ga ortdi, shu jumladan aholining pullik daromadlari ham 23% ga ko‘paydi. Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha joylarda ishlab chiqilgan dasturlarga binoan joriy yilda 67 tа aholi istiqomat qilish uylarini qurish ishlari boshlandi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 11/06/2008 - 08:46

Demografik jarayonlar va mehnat bozori

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning I-choragida o‘rtacha doimiy aholi soni 27124,0 ming kishini tashkil qilib, ularning 17409,2 ming nafari (umumiyga nisbatan 64,2%) qishloq aholisini va 9714,8 ming nafari esa (35,8%) shahar aholisidan iboratdir. Respublika aholisi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5% ga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq joylarda 101,7% ni tashkil etgan. Respublikada 2008 yilning I-choragida ish bilan band aholi soni 10701,9 ming kishini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning hisobot davriga nisbatan 309,7 ming kishiga yoki 103,0% ga oshgan.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 01/06/2008 - 08:45

Kommunal sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSH) faoliyati haqida

O‘zbekiston Respublikasida kommunal sohani iqtisodiy isloh qilish jarayonida 2008 yilning 1 yanvar holatiga 4460 ta XUJMSHlari tashkil qilindi. Bu ko‘rsatkich 2007 yilning 1 yanvar holatiga 3897 tani tashkil qilgan edi. XUJMSHga birlashgan va ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ko‘pxonadonli uylarning soni 25961 tani va ulardagi xonadonlarning soni  esa 912479 tani tashkil etadi. Turar joy xonadonlarining umumiy maydoni 550089,7 kv.m tashkil qiladi. Shirkatlarga qarashli turar-joy xonadonlarida yashovchilar soni 2345,6 ming kishini tashkil etmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 16/05/2008 - 07:43

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2008” o‘n ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2008” o‘n ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “ITE Uzbekistan”, “I.T.E. Exhibition & Conferences Ltd.” (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, neft-gaz sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/05/2008 - 09:49

Respublika hududlarini 2008 yil I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan shu yil 8 fevralda respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda hududlar tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 2008 yilning 1-choragida Respublikada iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari bilan tavsiflanadigan makroiqtisodiy barqarorlik ta’min etildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/05/2008 - 00:00

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari 2008 yilning birinchi choragida amalga oshirgan chora-tadbirlar Prezident Islom Karimovning shu yil 8 fevraldagi ma’ruzasida belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, muhim maqsadli kompleks dasturlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, hamda texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratildi.

I.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 09/05/2008 - 07:41

Pages