Respublika Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida qatnashish uchun shakl
1. Loyiha nomi.
Loyiha nomi berilayotgan taklifning mazmunini mujassamlashtirishi kerak hamda 10 so‘zdan ortmasligi lozim.
Masalan:
«Polimer ishlab chiqarish yangi texnologiyasini o‘rganish va sinovdan o‘tkazish» emas, balki «Polimer ishlab chiqarish yangi texnologiyasi».
2. Qisqacha mazmuni (0,5 betdan oshmasligi kerak).
• Qisqacha tavsifi (ishlanma nou-xaulari yoritilmasligi kerak);
• Taklif etilayotgan ishlanmani joriy etish qanday muammoni hal qiladi. (Energiya va resurstejamkorlik imkoniyati, ishlab chiqarishning xavfsizlik va ishonchliligini oshirish (shu jumladan ekologik tozaligini) va uni modernizatsiya qilish);
• Asosiy ustunliklari (analoglar bilan taqqoslash natijalari);
• Ishlanmalarning xom-ashyo bilan ta'minlanganlik darajasi;
• Kutilayotgan natijalar - mahalliy bozor uchun yangi turdagi mahsulot ishlab chiqish, import o‘rnini bosuvchi yoki ilmiy-hajmdor mahsulotlarni eksport qilishni tashkillashtirish imkoniyatlari.
3. Qo‘llanish sohalari:
Ishlanma natijalari qo‘llanishi mumkin bo‘lgan soha, tashkilot, idora, viloyat va boshqalar.
Ishlanmani joriy etishga tayyorligi: laboratoriya natijalari, tajriba-sanoat sinovlari, mahsulot namunalari, ishlanmani tijoratga joriy etish imkoniyatlari haqida ma'lumot.
4. Intellektual mulk ob'yektining himoyalanganlik darajasi.
5. Qo‘shimcha moliyalashtirishga ehtiyoj:
Mablag‘ miqdori, qanday maqsadda ishlatilishi va tadbiq etish muddati hamda ilmiy-tadqitot, qurilish montaj ishlari va texnologik asbob uskunalarga ajratib ko‘rsatilishi kerak.
Masalan:
Moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj 200 mln. so‘m. Shundan: namuna yaratish uchun 20 mln. so‘m - 1 yilga, 120 mln. so‘m _________ asbob uskuna xarid qilish uchun, 60 mln so‘m qurilish ishlari uchun.
Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni amalga oshirish ishlanmani joriy etishni ta'minlamasa, mazkur shakl bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun nima qilish kerakligi ko‘rsatilishi kerak.
6. Tashkilot nomi va rekvizitlari.
Tashkilotning yuridik manzili. Ixtirochining FISH, telefon raqami, faksi va elektron manzili.




