O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida" 03.07.2006 yildagi №PQ-398-sonli qarori
Nashr etilgan: Jum, 11/04/2008 - 20:39
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari eng muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish monitoringini muvofiqlashtirish sohasida uning zimmasiga yuklangan qo‘shimcha vazifalar va funksiyalarga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
- Quyidagilar:
Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining cheklangan soni 165 shtat birligidan iborat bo‘lgan markaziy apparati (xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi o‘zgarganligini e’tiborga olgan holda uning faoliyatini joriy ta’minlashga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida" 2005 yil 8 avgustdagi PQ-148-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov




