Maqolalar
Qishloq joylarda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining ko‘tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ta’lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirishga yo‘l ochib bermoqda.
2009 yil Investitsiya dasturi loyihalari
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlanadi. Unda asosiy e'tibor, eng birinchi navbatda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga qaratiladi.
Press-reliz: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturining bajarilishi haqida
Respublikada 2006-2008 yillarda xizmatlar bozori iste’molchilarning ehtiyojlari ta’sirida hamda 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturida belgilangan chora-tadbirlarning natijalarida shakllanmoqda.
Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiyasi hisobiga rivojlantirish
Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida sanoatning ustuvor sohalarida o‘rta muddatli rivojlantirish dasturlari qabul qilingan. Ushbu dasturlar doirasida ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta sozlash ko‘zda tutilgan.
Investitsiyalar
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiyot tarkibini modernizatsiyalashga qaratilgan hukumat siyosati, shuningdek, 2008 yil Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi choragida investitsiyalar hajmining 41 foizga o‘sishini ta’minladi. Asosiy kapitalga investsiyalar hajmi yanvar-mart davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 punktga ortib, 1622,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Aholi farovonligini oshirish
Aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.
Demografik jarayonlar va mehnat bozori
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning I-choragida o‘rtacha doimiy aholi soni 27124,0 ming kishini tashkil qilib, ularning 17409,2 ming nafari (umumiyga nisbatan 64,2%) qishloq aholisini va 9714,8 ming nafari esa (35,8%) shahar aholisidan iboratdir. Respublika aholisi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5% ga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq joylarda 101,7% ni tashkil etgan.
Kommunal sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSH) faoliyati haqida
O‘zbekiston Respublikasida kommunal sohani iqtisodiy isloh qilish jarayonida 2008 yilning 1 yanvar holatiga 4460 ta XUJMSHlari tashkil qilindi. Bu ko‘rsatkich 2007 yilning 1 yanvar holatiga 3897 tani tashkil qilgan edi.




