A
x up auto down
Обращение
conv
phone
diag

Barcha yangiliklarIqtisodiyot yangiliklari

Loading...

Yangiliklar

2015-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari

2015-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari
(2014-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)

Davomi » Nashr etilgan: Chorshanba, Iyul 29, 2015 - 16:52

O‘zbekiston Respublikasini 2015-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

Jahon iqtisodiyotida inqirozli hodisalar hamon davom etayotgan va xalqaro bozordagi beqarorlik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan Respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifa va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar shu yilning birinchi yarmida mamlakatimizda mustahkam iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada kengaytirish va kelgusi yillarda iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chorshanba, Iyul 29, 2015 - 10:12

Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi o‘tkaziladi

Joriy yilning 28 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida hay'at a'zolari - vazirlik rahbariyati, Markaziy Apparatning Bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot Bosh boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, vazirlik tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan.

Davomi » Nashr etilgan: Dushanba, Iyul 27, 2015 - 21:11

Asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Bugun Iqtisodiyot vazirligida Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Chorshanba, Iyul 15, 2015 - 19:49

Qoraqalpog‘istonda chet tillarini o‘rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash ishlalari yurtimizning barcha hududlaridagi kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham izchil yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan bu borada qo‘shma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ayni paytda qoraqalpoq zaminida faoliyat ko‘rsatayotgan 706 ta umumta'lim maktablarida jami 1 ming 229 ta maxsus chet tili o‘quv xonalari ajratilib, ular tegishli tartibda jihozlantirilmoqda.

Davomi » Nashr etilgan: Dushanba, Iyul 13, 2015 - 19:03

Foydali innovatsion g‘oyalar - amaliyotga

Bugun Iqtisodiyot vazirligida Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida  VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining umumiy yakunlari, uning milliy iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, respublikaning real sektorida innovatsion faoliyatni yuksaltirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Dushanba, Iyul 6, 2015 - 17:18

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga hissa qo‘shadi

Milliy iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, uning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu ma'noda yurtimizda so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, respublikaning real sektorida innovatsion faoliyatni yuksaltirish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyulda “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 19-21 may kunlari poytaxtimizda mazkur VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi sakkizinchi marotaba o‘tkazildi.

Davomi » Nashr etilgan: Payshanba, Iyul 2, 2015 - 12:41

Energetika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha qo'mita yig'ilishi

Joriy yilning 12 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida O‘zbek-Xitoy hukumatlararo Qo‘mitasining energetika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Kichik Qo‘mitasi navbatdagi 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Payshanba, Iyun 25, 2015 - 19:59

Servis va xizmat ko'rsatish

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda servis va xizmat ko‘rsatish sohasida 1174 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan

Ma'lumki, Hukumatimiz tomonidan “2014-2016 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” ishlab chiqilgan edi.

Davomi » Nashr etilgan: Juma, Iyun 19, 2015 - 20:10

Pages